KOSONSOY TUMANI

KOSONSOY TUMANINamangan viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashqil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Chust tumani bilan birlashtirilgan. 1973-y. 28 dek. da yana qaytadan tuzilgan. Kosonsoy tumani viloyatning shim. qismida, Qoratogʻ etaqlarida, oʻrtacha 790 m balandlikda joylashgan. Jan. dan Namangan sh., sharqdan viloyatning Yangiqoʻrgʻon, jan.-gʻarbdan Chust tumanlari, shim. va gʻarbdan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,51 ming km2. Aholisi 141,5 ming kishi (2002). Tumanda 1 shahar (Kosonsoy), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Yoshlik, Koson, Tergachi, Chinovul, Shirin, Qorasuv, Koʻkumboy) bor. Markazi — Kosonsoy sh.

Tabiati . Tuman hududi togʻli r-nlar zonasiga kiradi. Kosonsoy va uning irmoqlari oqib oʻtgan Qoratogʻ, Mugʻ, Koʻkumboy qirlari, Dam, Isporan, Yoyiq, Qisiq, Qorankoʻl, Sarson va Yertikan, Boyoston adirlari bor. Tuman qududining qariyb 1/3 qismi adir. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha t-ra 12°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, minimal t-ra — 14°, maksimal t-ra 39—4G. Vegetatsiya davri 219 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 315 mm. Tuman iqlimining shakllanishida shim. dan keladigan Arktika havo oqimi, Markaziy Osiyo hududida hosil boʻladigan moʻtadil quruq havo va jan. dan harakatlanuvchi tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Tuman xududidan Kosonsoyning qariyb 40 km qismi hamda Chust (16 km), Tyoshiktosh (41 km), Koʻkumboy (12 km) kanallari oʻtgan. Ulardan sugʻorishda foydalaniladi. Kosonsoy (Urtatoʻqay), Qorasuv, Yertikan suv omborlari qurilgan. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq, shim. qismida qisman qoʻngʻir va togʻ oldi tuproqlari. Daryo vodiylarida jiyda, tol, terak, turangʻil, yulgʻun, oqtikan, maymunjon va b. oʻsadi. Togʻlarda doʻlana, sirach, pista, yongʻoq, naʼmatak, archa, lola, gulbarra, ravoch, qir va adirlarda shuvoq, shoʻra, yantoq, qoʻytikan, tekislik joylarda kurmak, qamish, ajriq, ariq boʻylarida esa yalpiz uchraydi.

Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, sugʻur, quyon, olmaxon, qumsichqon, turli xil ilonlar, toshbaqa, kaltakesaqlar, qushlardan lochin, burgut, qirgʻovul, oqbosh, soʻfitoʻrgʻay, kakku, koʻkqargʻa, qizilishton, qir qaldirgʻochi, musicha, boyoʻgʻli, chumchuq, olaqanot, sassiqpopishak, bulbul va oʻrdaqlar yashaydi. Kosonsoy soyida, asosan, zarda baliq (marinka) uchraydi. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari — tosh, arzik, ohaktosh va b. mavjud.

A h o l i s i , asosan, oʻzbek va tojiklar, shuningdek, qirgʻiz, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 277 kishi. Tuman aholisining 70,8% qishloqlarda, 29,2% shaharda (Kosonsoy) istiqomat qiladi.

Xoʻjaligi. Q. x. da yetakchi tarmoq — paxtachilik va gʻallachilik. Shuningdek, chorvachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik ham rivojlangan.

Tumandagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida davlatga qarashli, xususiy korxonalar, fermer xoʻjaliklari, qoʻshma korxonalar mavjud. Kosonsoy tumanida 15 ga yaqin yirik sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. «Kosonsoy — Tekmen» qoʻshma kor-xonasida junli va kostyumbop matolar, «Atlasmen» qoʻshma korxonasida adyollar va ayollar kiyimi ishlab chiqarilmoqda. Chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda 2000-y. da «Uy mehnati», «Shohi toʻqish», «Kosonsoykonserva» qoʻshma aksiyadorlik jamiyatlari, Isroil texnologiyasi asosida meva sharbatlarini ishlab chiqaruvchi «NamKon» qoʻshma korxonasi tashqil etildi. Bu korxonalar tomonidan tuman umumiy sanoat mahsulotining 80% dan koʻprogʻi ishlab chiqarilmokda. «Kosonsoyparranda» ishlab turibdi.

Paxta tozalash, gʻisht z-dlari, poyabzal f-kasi, avtokorxona, novvoyxona, qurilish tashqilotlari faoliyat koʻrsatmokda. Yuklarni tashish, asosan, Kosonsoy—Namangan avtoyoʻli orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Kosonsoy tumani — Toʻraqoʻrgʻon, K,—Chust, K,—Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy tumani —Olabuqa (Qirgʻiziston) avtoyoʻllari mavjud.

Tuman yer fondi 51 ming ga boʻlib, shundan 17,4 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi. Sugʻoriladigan yerdardan 7,6 ming ga yerga paxta, qariyb 8 ming ga ga gʻalla, 625 ga ga sabzavot, 63 ga ga kartoshka va b. ekinlar ekiladi. Bundan tashqari, 1676 ga bogʻ, 700 ga tokzor, 500 ga oʻrmonzor bor. Tumanda 13 shirkat xoʻjaligi, 153 fermer, 2000 dan ortiq deqqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Chorvachilik ham xoʻjalikning yetakchi tarmoqlaridan. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 22,5 mingdan ziyod qoramol, 31 mingdan ziyod qoʻy va echki, 50 mingdan ortiq parranda bor (2002).

2001/2002 oʻquv yilida tumandagi 50 umumiy taʼlim maktabida 33,6 ming, 8 kasb-hunar kollejida 4,5 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Tibbiyot va ped. bilim yurtlari bor. Madaniyat uylari, klublar, 34 kutubxona, oʻlkashunoslik muzeyi, 3 stadion mavjud. Markaziy va hududiy kasalxonalar, qishloq uchastka shifoxonalarida 195 vrach faoliyat koʻrsatmokda (har 10 ming aholiga 13,8 vrach). 1932-y. dan «Kosonsoynoma» tuman gaz. chiqadi (adadi 6,5 — 7 ming).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x