KOSMIK PSIXOLOGIYA

KOSMIK PSIXOLOGIYA — koinotga parvozlarni amalga oshirishda inson-texnika, inson-fazo, inson-ekstremal vaziyat munosabatlarini tadqiq qilishga qaratilgan psixologiya soxasi. 20-a. ning 60-y. larida paydo boʻlgan. Kosmonavtlarni psixologik mezonlar yordami bilan tanlab olish, fazoga uchish sharoitlariga ularni tayyorlash, vaznsizlik holati boʻyicha oqilona maʼlu-motlar bilan qurollantirish, oʻzgarishlar yuzaga kelsa ularni tuzatish, ishchanlik qobiliyatini tekshirish singari muammolar bilan shugʻullanadi. Guruhiy moslik, ruhiy muhit, oʻzini-oʻzi boshqarish, oʻziga-oʻzi buyruq berish, oʻzini-oʻzi uddalash yuzasidan tadqiqot ishlarini oʻtkazish ham Kosmik psixologiyaning vazifasi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x