KOSHIY

KOSHIY (Al-Koshiy) , Gʻiyosiddin Jamshid (taxm. 1430-y. la Samarqandda vafot ettan) — atoqli matematik va astronom. Asli Eronging Koshon sh. dan boʻlib, boshlangich matematik maʼlumotni shu yerda olgan na 15-a. boshida Ulugʻbekning taklifi bilan Samarqandga kelgan; bu yerda Qozizoda Rumiy bilan birga Ulugʻbek rasalxonasi va madrasasi qurilishiga rahbarlik qilgan. K. Ulugʻbek qoʻl ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ash Qushchi na b. ning kamolotga yetishishiga katta qissa qoʻshgap. Koshiy astronomiyaga oil «Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Elxoniy» («Elxoniy astronomik jadvalini takomillashtirishda Hoqoniy astronomik jadvalining ahamiyati»), «Sullam us-samo» («Osmon narvoni»), «Noʻzxat ul-xadoiq» («Bogʻlar sayri») va mat. ga oil «Risola al-muhitiyya» («Aylana xaqida risola»), «Risola ul-atvor nal-jayb» («Vatarlar va sinus haqida risola»), «Miftoh ulhisob» («Arifmetika kaliti») asarlarini yozgan. Koshiy birinchi boʻlib mat. ga pozitsion asosla oʻnli kasrlarni kiritdi va nazariy asosdagi, ixtiyoriy koʻrsatkichli ildiz chiqarishda qozir «Ruffini — Gorner» usuli leb ataladigan usulni pa «Nyuton binomi»ning koeffiniyentlarini topishda formulaga toʻgri keladigan adlitin usulni qoʻlladi. Koshiy sin G na l (pi) so-nini oʻnlik sistemada 17 xona aniqlik bilan hisobladi. Koshiy Oʻrta asr Sharq mat. sini yuqori bosqichga koʻtarishga katta hissa qoʻshdi.

Al.: Yushke i mch A. P.. Istoriya matematiki peredniye veka. M.. 1961; Magiiye ne kaya G. P.. Ucheniye o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke, T.. 1967.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x