DEHQON YUZBOSHI Shernazar oʻgʻli (1860 — Bachqir qishlogʻi, Fargʻona viloyati — 1942) — atokli askiyachi. 19-a. ning oʻrtalarida shuhrat qozongan. «Kal Rustam» degan askiyachiga shogird tushgan. Buvayda va Qoʻqon askiyachilari bellashuvlarida askiya sirlarini oʻrgangan. Mahorati oshgach, hatto Xudoyorxon saroyida xizmat qiluvchi Zokir gov, Saʼdi Mahsum degan qiziqchilar b-n ham bellashgan. Askiyaning «laqab», «boʻlasizmi?», «oʻxshatdim», «afsona», «tutal» kabi qad. shakllarida mohir boʻlgan. Uning doimiy «raqiblari» Mirzarahim domla quloq bilan Usta Matxoliqlardir. 1925—40 y. larda Qoʻqon sh. dagi Furqat va Muqimiy nomli istirohat bogʻlarida oʻtkazilgan askiya kechalarida Erkaqori Karimov, Mamayunus Tillaboyev kabi askiyachilar bilan kup marta uchrashgan. 1932-y. da Toshkent sirkida va b. anjumanlarda, 1937-y. da esa Moskvada «Oʻzbek xalqining sanʼati» nomli teatrlashgan tomoshada Yusufjon qiziq Shakarjonov, Erkaqori Karimov b-n bellashib oʻz mahoratini namoyish qilgan. D. Yu. Nasritdin Mirzaahmedov, Odilxoʻja Saidxoʻjayev, Mamadali qori Otaboyev, Obiljon Normatov kabi askiyachilarga ustozlik qilgan.
Ad.: Askiya [Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchi Rasul Muhammadiyev], T., 1970.
Muhsin Qodirov.