KOSHIN

KOSHIN, parchin, kafel — biyolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol pint skichipni taxtacha. Koshin maxsus loylan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha t-rada pishiriladi; turli vaqsh, vaqsh qismlari tushirilgach. sir beriladi, soʻng maxsus xumdonda pishirilali. Koshin larning silirga, vaqshli, turli tasvirlar tushirilgan xillari bor. Sirtga puxta yopishishi uchun Koshin niig orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Oʻngi oqyoki har xil rangli, silliq, boʻrtma, silliqlanmagan; shisha, polistirol xillari bor. Meʼmoriy bezak sifatila kepg qoʻllanali, binolarni tashqi taʼsir (yogʻin-sochin)lardan ham saqlaydi. Dastlab, Qad. Sharq (Misr, Ossuriya va b.) da. asosan, binolarni bezashda keng tarqalgan, 9-a. dan Yevropa (Germaniya, Shveysariya, keyinroq Rossiya) da pechka va kaminlarni bezashda ham ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda 12-a. oxiri — 13-a. boshlarida paydo boʻlgan. Ilk bor Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch pa b. joylardagi yodgorliklarda, bino poydevorlarini bezashda ishlatilgan.

20-a. 20-y. laridan Koshin tayyorlash usulini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borildi. Yevropala «modern» uslubidagi tovlanma sirli monoxrom koshinkor ichki va tashqi devorli binolar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Samarqanddagi maxsus kulollik ustaxonasida, Toshkentdagi ustaxonalar qad. Koshin larga yaqin boʻlgan Koshin tayyorlana boshlandi. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda, binolarni bezashda, kamin va pechlarni qoplashda Koshindan keng foylalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x