KORTINA-DʻAMPESSO

KORTINA-DʻAMPESSOItaliya dagi shahar, Venetsiya viloyatida, Dolomitli Alp togʻlari oraligʻidagi vodiyda, 1200 m balandlikda, Boyte daryosining chap sohilida joylashgan. Tofane, Kristallo va b. qorli qoyalar qurshab turadi. Iqlimining qulayligi, manzarali landshafti uning xalqaro ahamiyatga ega iqlim qurorti boʻlib rivojlanishiga imkon yaratgan. Qishki va yozgi sport oʻyinlari markazi. 1956-y. da K.-dʻA. da 7-qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Turizm markazlaridan: sport filmlari xalqaro festivali oʻtkaziladi. Mahalliy aholi hunarmandchilik bilan ham shugʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x