KORREKTURA

KORREKTURA (lot. correctura — toʻgʻrilash, yaxshilash) — bosmaxonada yoki boshqa usullar bilan koʻpaytirish uchun tayyorlangan matn va grafik materiallardagi xato va kamchiliklarni tuzatish jarayoni. Korrektura uchun terilgan harflardan yoki bosma qolipdan ottisk (mas, vyorstka, granka) olinadi. Bu ottisk asl nusxa (original) ga solishtirib oʻqiladi va yoʻl qoʻyilgan xatolar standartdagi korrektura belgilardan foydalanib koʻrsatiladi (rasmga q.) va shunga koʻra operator (harf teruvchi) xatolarni tuzatadi.

Korrektura 4 turga boʻlinadi: bosmaxona K. si; original-maket asosida chop qilinadigan nashr Korrektura si; nashriyot K. si: reproduksiya bosma qolipi Korrektura si. Bosmaxona Korrekturasi va original-maket asosidagi nashr Korrekturasi da harf terish (naborning) barcha jarayonlaridagi xatolar tuzatiladi. Nashriyot Korrekturasi muallif, muharrir va texnik muharrir tuzatishlaridan iborat. Reproduksiya bosma qolipi Korrekturasi da bir yoki koʻp boʻyoqli namuna ottiski olinib, asl nusxa (mas, muzeydagi kartina va b.) bilan solishtiriladi va tuzatishlar (maxsus belgilarsiz) ottisk chekkasida koʻrsatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x