KORPORATIV MANFAAT

KORPORATIV MANFAAT — korporatsiyaga kiruvchi firma, kompaniya, tashqilotlar uchun umumiy manfaatlar. Bu manfaat birgalikda tovar yoki xizmat bozorlariga kirib borish, unda oʻz oʻrnini topib, mavqeini mustahkamlash, raqobat kurashida gʻolib chiqib, foydani yoki mahsulot i. ch. hajmini koʻpaytirish, mahsulot sifatini keskin yaxshilash shaklida boʻlishi mumkin. Korporativ manfaat oʻzida bir nechta maqsadlarni aks ettiradi. Manfaatdorlik mexanizmi koʻp va sifatli mahsulotni kam xarajat bilan i. ch., mahsulot tannarxini kamaytirish, xom ashyo, material, energiya, yoqilgʻi va pul mablaglarini te-jashni, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini taʼminlaydi va foyda hamda daromadni koʻpaytiradi.

Korporativ manfaat koʻp bosqichli xususiyatga ega boʻlib, korporatsiyada ishlovchi har bir xodim, tarkibiy boʻlimlar va umuman korporatsiyaning manfaatlaridan shakllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x