Koronavirusning yangi shtammi homilador ayollar uchun qanchalik xavfli?

Koronavirusning yangi shtammi homilador ayollar uchun qanchalik xavfli?

Bugun koronavirus infeksiyasining yangi shtammi homilador ayollarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.
Xo‘sh, bu kasallik bo‘lajak onalarda qanday kechmoqda? Yangi mutatsiya ular uchun qanchalik xavfli?

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi tug‘ruq bo‘limi rahbari Yulduz Eshonova mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Homilador ayollarda nafaqat COVID-19, balki boshqa kasalliklarni yuqtirib olishga ham moyillik yuqori, — deydi Yu. Eshonova! — Sababi bu davrda immunitet susayib, organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligi pasayadi. Shu bois ular o‘zlarini imkon qadar turli xastaliklardan asrashi zarur.

❗️Biroq koronavirusning yangi shtammidan ortiqcha xavotirlanish va sarosimaga berilish ham yaramaydi. Chunki ayni payt kasallik aksariyat bemorlar, ayniqsa, homiladorlarda oddiy belgilar bilan namoyon bo‘lyapti.

Xususan, xastalik:
📌 umumiy zaiflik;
📌 tana haroratining oshishi;
📌 bosh og‘rig‘i;
📌 mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq;
📌 tomoq og‘rig‘i;
📌 burun bitishi;
📌 aksirish;
📌 ishtahaning yo‘qolishi kabi belgilar bilan kechmoqda.

✅ Bundan tashqari, bemorlarda o‘pkaning zararlanishi deyarli kuzatilayotgani yo‘q. Qonning kislorod bilan to‘yinishi (saturatsiya) pasaymayapti. Tana harorati 1-2 kundan so‘ng tushib, organizm 4-5 kundan keyin tiklanishni boshlamoqda.

‼️Agar COVID-19dan uy sharoitida davolanayotgan homilador ayolning tana harorati 38,0 darajaga ko‘tarilsa, har 6 soatda 500 mg.dan 1 tabletka paratsetamol ichish tavsiya etiladi.

Shuningdek,
✅ 10 kun davomida sutkasiga 1 marta vitamin D — 5000MЕ;

✅10 kun davomida sutkasiga 1 marta 100 mgdan sink (rux) preparati;

✅10 kun davomida sutkasiga 2 marta 250 mg.dan vitamin S qabul qilinadi, xolos.

📌 Qolaversa, ko‘p suyuqlik ichish, toza havoda sayr qilish, vitamin va minerallar bilan boyitilgan taomlar iste’mol qilish kasallikdan tezroq sog‘ayishga yordam beradi.
©ssvuz

@Bolalarshifokori1

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x