Farzandingizda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Uni uy sharoitida qanday davolash mumkin?
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdumannon ABDUQAYUMOVning tavsiyalari shu haqda.
❗️Koronavirusning yangi shtammi aksariyat bemorlar, ayniqsa, bolalarda yengil kechmoqda. U asosan tana haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i, burun oqishi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
❗️Ta’m va hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi deyarli kuzatilmaydi. Bolalarda ba’zi hollarda turli toshmalar ham paydo bo‘lishi mumkin.
‼️Tana harorati bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda 38,0, bir yoshdan oshgan o‘g‘il-qizlarda esa 38,5 darajadan oshmaguncha, hech qanday dori vositalari berish tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, antibiotiklar virusli infeksiyalarda umuman natija bermaydi.
❗️Tana harorati yuqoridagi o‘lchovlardan oshganda, ibuprofen yoki parasetamol ichirish tavsiya etiladi. Kichik yoshli bolalarga isitma tushiruvchi svechalarni ham qo‘llasa bo‘ladi.
Uy sharoitida koronavirusga chalingan bolalarga:
✅ 3 kungacha har soatda oz-ozdan suyuqlik ichiriladi;
✅ darmondorilarga boy taom va mahsulotlar beriladi,
✅ o‘z vaqtida va me’yorida uxlashi hamda sovqotib qolmasligi choralari ko‘riladi,
✅turli vitaminlar iste’mol qilinadi.
Agar bolalarda kasallik davomida :
🦠 nafas yetishmovchiligi,
🦠 hansirash,
🦠 lablarning chetlari ko‘karishi,
🦠 holsizlik,
🦠 chuqur yo‘tal belgilari paydo bo‘lsa, oilaviy shifokor yoki mahalliy pediatr bilan maslahatlashgan holda bemorning stasionar tarzda davolanishi masalasi ko‘rib chiqilishi kerak.
Shu o‘rinda farzandlariga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan ota-onalardan ortiqcha xavotir va sarosimaga berilmay, shifokor tavsiyalariga amal qilishlarini so‘raymiz.