KORNEL

KORNEL (Corneille) Pyer (1606.6.6, Ruan — 1684.1.10, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning asoschilaridan biri. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1647-y. dan). Ijodining dastlabki davrida («Melita», «Beva» va b.) komediyalar yozgan (1969-36). «Sid» (1637), «Medeya» (1639), «Goratsiya» (1641) kabi tragediyalari mashxur. Kornel bu asarlarini yaratishda antik davr ijodkorlari asarlariga, shuningdek, muayyan tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxslar faoliyatiga tayangan. Bundan tashqari, Kornel «Yinna yoki Avgust marhamati» (1643), «Pompeyning ulimi» (1644), «Iraqliy yoki Sharq sultoni» (1647), «Edip» (1659), «Otton» (1665), «Attila — xunnlar shohi» (1667), «Tit va Berenika» (1677) va b. dramalar muallifi. Asarlarida fransuz klassitsizmi yaxlit holida namoyon boʻlgan. Dramaturgiya toʻgʻrisida «Muqokama» (1660) nomli ilmiy-nazariy asar ham yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x