KORJAVIN Boris Dmitriyevich

KORJAVIN Boris Dmitriyevich (1892.28.9, hoz. RF Kostroma viloyati Buy sh. — 1984.24.11, Toshkent) — gidrotexnik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1950), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950). Leningrad politexnika in-tini tugatgan (1925). 1925—40 y. larda Oʻzbekistondagi suv xoʻjaligi idoralarida bosh muhandis lavozimida ishladi. Katta Fargʻona kapali qurilishida (1940) muhandis, OʻzSSR Suv xoʻjaligi xalq komissari oʻrinbosari va xalq komissari (1941 —46), «Sredazgiprovodxlopok» tresti Amudaryo ekspeditsiyasi direk-tori oʻrinbosari (1946-51), OʻzSSR Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari (1954—58), «Sredazgiprovodxlopok» in-ti direktori (1958—62) boʻlgan. 1966-y. dan OʻzSSR FA Ishlab chikaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashining irrigatsiya sektorida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari qadimdan sugʻoriladigan yerlarning gidromeliorativ tarmoqlarini qayta tiklash va Zarafshon daryosi vodiysida sugʻorishni rivojlantirish tizimini ishlab chiqish masalalariga bagishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x