KOOPERATSIYA

KOOPERATSIYA (lot. cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) — 1) jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi;

2) ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan i. ch. ni tashqil etishining universal shakli. Bunday Kooperatsiya mahsulot i. ch. ni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni oʻzaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi. Oʻzbekistonda ishga tushirilgan «SamKochavto», «Kabul-Oʻzbek», «Oʻzdunrobita», «OʻzKeysmash» va b. korxonalar Kooperatsiya asosida faoliyat yuritadi (q. Mehnat kooperatsiyasi, Matlubot kooperatsiyasi, Uy-joy kooperatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x