“Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir ishlanmasi

“Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi
1-b:    Assalom ona yurt, tog`lar o`lkasi
          Ta’rif tafsifingning yo`q nihoyasi
          Senga bag`ishlanur muqaddas qo`shiq
          Bu o`zbek elimning o`z madhiasi
2-b:    Dilimni ming bitta shodlikka ko`mib
          Beshikda aytilgan allar Vatan
          Istiqbolni ko`rib xayolga cho`mib
          Ufqqa tutashgan dalalar Vatan
1-b:    Assalomu alaykun hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar va o`quvchilar 8 dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning qabul qilinganligi munosabati bilan bugun maktabimizda  “Konstitutsiya baxtimiz podevori” mavzusida o`tkazilayotgan tadbir kechasiga xush  kelibsiz.
2-b: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  1992- yil 12 chaqiriq oliy Kengashning 11 sessiyasida qabul qilingan. Bosh qomusimiz istiqboldan nur olib o`zida barcha insonparvarlik omillarini mujassamlashtirilgan huquqiy asoslar majmuasidir
9 ta o`quvchi 2 tomondan kelib jo`ylashib Konstitutsiya muqaddimasini aytadi..
Ozoda Nursaidovaning “Jon O`zbegim,elim” qo`shig`i yangraydi. Sahnada 4 ta qiz o`ynaydi , o`quvchilar kelib joylashadi o`rtada Konstitutsiya ko`targan o`quvchi 2 yonida O`zbekiston Respublikasi bayrog`ini ko`targan o`quvchilar  qo`shiq jo`rligida kelib sahnaga joylashadilar orqasidan qolgan o`quvchilar keladi.
1- o`quvchi:  Sen orimsan, sen borimsan
                     Sen shohimsan qomusim
2- o`quvchi :   Sen adolat, sen halokat
                       Sen vakolat, sen najot
3- o`quvchi:    Sen qalbimsan, sen nomussan
                        Sen qadrimning qiymati
4- o`quvchi:     Sen aqlsan ,sen idroksan
                         Bilimlarning ziynati
5- o`quvchi:     Sen xazinam tinchligimning imkonisan qomusim
                         Sen xalqimning himoyasi qalqonisan qomusim
6- o`quvchi:     Senga ta’rif berish baxti menga ham nasib etdi
                        Qonuniy ish ko`rganlar murod, maqsadiga yetdi.
7- o`quvchi:    Erk uyining poydevori zar toshisan qomusim
                        Sen qaynoqsan, sen porloqsan, quyoshimsan qomusim.
Orqadagi o`quvchilar oldinga chiqib
1- o`quvchi: Qonun ustivorligi huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. Jumladan Prezidentimiz I. A. Karimov Davlatimizning kelajagi Konstitutsiyamiz  qanday bo`lishiga bog`liq degan edilar.
2- o`quvchi: Darhaqiqat mustaqil davlatchiligimizning xususiyati, ichki va tashqi siyosati, demokratiya va ijtimoiy adolat, inson huquqlari odilik adolatlilik prinsiplariga asoslangan Konsitutsiyamiz mavjudligi bu bu bizning yurtimizdir.
3- o`quvchi: Hech bir davlat organi hech bir xo`jalik yurituvchi ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo`ysinish  majburiyatidan xalos bo`lishi mumkin emas
4- o`quvchi: Qonun deganda hamma barobardir 14, 13, 15, 18, 25 moddalar aytiladi.
5- o`quvchi:  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`zida o`ta muhim betakror milliy ma’naviy qadriyatlarni mujassamlashtirilgan
6- o`quvchi: Jumladan uning markazida inson uning hayoti, uning huquqlari manfati burchi erkinligi uning kafolatlari turganligidadir. O`quvchilar sahnani tark etadilar
1- o`quvchi: Endi sahnani 9A sinf o`quvchisi Ikromov Sherali 8V sinf o`quvchisi Sharopov Muhiddin taklif etib ular tomonidan tayyorlangan “Bahorim” musiqasini tinglashga taklif etamiz.
2- o`quvchi –Marhamat!
Sahnaga yana o`quvchilar chiqib 2 qator bo`lib turadi
1- o`quvchi: Shaxsning moddiy, ma’naviy manfaatlariga, kamolotiga qaratilgan bu qonun qoidalar har doim birinchilik kuchiga ega
2- o`quvchi:   Moddalar  20, 24, 27, 29,37, 48, 45
9- o`quvchi:  Konstitutsiya o`z jamiyat a’zolarining kamol topishlari, siyosiy ta’minlash bilan birga huquqiy jihatdan qonun vositasiga kafolatlaydi.
10- o`quvchi: Ana shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1- moddasidan so`nggi bandigacha insonparvarlik ijtimoiy adolat ma’naviy komillik g`oyalari bilan yo`g`riligan.
11- o`quvchi: Shu tariqa jamiyat, inson, davlat o`rtasidagi tarixiy uzviylik, bog`liqlik, mas’uliyat va huquqiy asosda o`z yechimini topdi.
2- boshlovchi: 7- sinf o`quvchisi Sh. Muhiddinova  o`zi yozgan she`r
                      Tenglarning ichida bugun teng o`zim
                       Jahoniy tillarga yoqa yeng o`zim
                       Dunyolar bag`irimda bag`ri keng o`zim
                      Ey menig o`zligim g`urur nomusim
                      Konstitutsiyam oliy qomusim.
                       Sening bitik yo`ling kurashdir yiroq
                       Bir bobing To`maris ko`targan chiroq
                      Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq
                      Ey menig o`zligim g`urur nomusim
                         Konstitutsiyam oliy qomusim.
Sahna ko`rinishi
1 – o`quvchi: Bir chelak axlatni to`kib qochib ketayotganda boshqa o`quvchi uni ushlab olib tanbeh beradi, har bir shaxs tabiatga atrof- muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburligini aytadi.  Birinchi o`quvchi aybini tushinib  axlatni terib oladi.
  Yana bir o`quvchi Amir Temur rasmiga chizib turgan paytda 2-o`quvchi uni to`xtatib 49- modda: “Fuqarolar o`z xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdir. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir”  dedi. U ham aybini tushunib kechirim so`raydi.
1- boshlovchi: Respublikamizda yashayotgan har bir fuqaroning shaxsiy iqtisodiy ijtimoiy huquqlari mavjuddir. Undan tashqari har bir shaxsning davlar va jamiyat oldida burch va majburiyatlari ham bor. Biz o`z burch va majburiyatlarimizni yaxshi bilsak, Vatan va yurt oldidagi mas’uliyatlarimizni anglagan, davlatimizda fuqarolik jamiyatini asoslarini bajargan bo`lamiz.
50- modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitni ehtiyot qiling.
1- o`quvchi devordagi rasmlarni  qo`pomoqchi bo`ladi, melitsiyoner svistok chalib to`xtatadi.
49- moddaning Yodgorliklar  davlat muhofazasidadir
1- boshlovchi: Mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini ta’minlash va  fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsplarini belgilab bergan. Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat  kasb etadi.
2- boshlovchi:  Yurtdoshlarimizning  butun jamiyatimiz hayotimizdagi o`rganish yangilanishlar o`z mohiyati e’tiboriga ko`ra bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo`lidan  dadil rivojlanib  borishi ta’minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidak “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim”
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x