3-sinf O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mavzusida dars ishlanmasi

3-sinf O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mavzusida dars ishlanmasi
3SINF
 
  1. Dars mavzusi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
  2. Darsning maqsadlari:
  3. a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni qonun tushunchasi, mamlakatimiz Konstitutsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan to’la tanishtirish;
  4. b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda Konstitutsiyamizga, mamlakatimizning asosiy qonunlariga bo’lgan mehr-muhabbat, hurmat tushunchalarini tarbiyalash;
  5. c) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: Kostitutsiya, qonun, tartib-intizom, an’ana-udumlar, urf -odatlar va hokazo.
  1. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
—   qonun nima ekanligini bilish;
—   kostitutsiya nima ekanligini bilish;
—   an’ana-udumlar, urf-odatlar nima ekanligini bilish;
Ko’nikma va malakalar:
—   konstitutsiya haqida to’laroq ma’lumot berish;
—   mustaqillikdan keyin qabul qilingan yangi qonunlarni aytish;
—   ajdodlarimiz amal qilgan urf -odatlar haqida gapirish;
  1. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Tafakkur buluti” metodi.
  2. Dars shakli: suhbat, amaliy mashg’ulot.
VII. Dars usuli: noan’anaviy.
  1. Darsning borishi:
  2. Tashkiliy qism: salomlashish, huquqiy yangiliklar haqida suhbat.
  3. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida.
Takrorlash yuzasidan savollar:
  1. Mustaqillik biz yoshlarga nima berdi?
  2. Siz vatanimiz ravnaqiga o’zingizning qanday hissangizni qo’shmoqchisiz?
  3. Yangi mavzu bayoni:
Aqliy hujum:
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, dunyodagi eng qadrli ne’mat nima?
O’quvchilar: Tinchlik va hotirjamlik, erkinlik va hurlik!
O’qituvchi: Barakalla, bolajonlar. Dunyoda tinch va hotirjam, erkin va mustaqil insondan baxtliroq inson yo’q. Atoqli adibimiz Maqsud Shayxzoda ham bejiz “Kishi tug’ilmaydi boshda toj bilan, Tug’ilar u erkka ehtiyoj bilan” deb aytmagan.
Vatanimiz o’zbekiston ham ana shunday tinch va farovon, mustaqil mamlakatlardan biri hisoblanadi. Yurtimiz istiqlolga erishgandan so’ng qo’lga kiritgan eng katta yutuqlaridan biri bu-mamlakatimiznig asosiy qomusi hisoblangan Konstitutsiyasidir. Bugungi mavzuyimiz ham aynan Konstitutsiyaga bag’ishlangan. Xo’sh, kim Konstitutsiya haqida bizga she’r aytib bera oladi?
She’r o’quvchilar tomonidan ifodali qilib o’qib beriladi.
                                              Qomusim mening
                                                                                               
 M.Tursunova
20 yil tarix nazdida
Bir lahzaga chaqqulik fursat
Ammo, yurtim shu fursat men chun
Sahrolarga tutashgan sarhad.
Xalqim, erkning quyoshi porlar
Manglayingda balqqan saodat
Har bir oning hurlikka chorlar
Xalqim o’zi bergaydir madad.
         Har tong jo’shib madhiyang yangrar
Osmoninngda hilpirar bayroq,
Gerbing uzra humo charx urar
         Qomusing hech so’nmas bir mayoq.
Ozodlikning ramzi bu kitob
Ezgulikka qo’yilgan tamal
Birdamlikka aytilgan hitob
Adolatdek qulamas haykal.
Unda bordir xalqim o’tmishi
Go’yo menga so’zlangan ertak
Bobolarim kechgan kechmishi
Aks etgaydir nurli kelajak.
Har satrida, har bir bobida
Millionlarning taqdirin so’ylar
Mujassamdir baxt kitobida
Nurli hayot haqida o’ylar.
Insonlarni ulug’lab yasha
Mangu porla qomusim mening
Noming kezsin asrlar osha
Konstitusiyam – nomusim mening.
  1. Darslik bilan ishlash.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi.[1]
Har bir mamlakatning qoidalari bo’ladi. Ularga o’quvchi, talaba, ishchi yoki nafaqaxo’r bo’lishidan qa’iy nazar barcha bo’ysunishi lozim. Bu qoidalar qonunlar deb ataladi. Qonunlar davlat tomonidan o’rnatiladi. Ularni buzgan odam jazolanadi.
Mustaqillika erishgach, davlatimizda yangi qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari ta’minlandi. Mamlakatimiz Konstitusiyasi-boshqa barcha qonunlar bo’ysunadigan asosiy qonundir. U shuningdek, qonunlarning eng muhimi hamdir. Konstitutsiyada mamlakatimiz aholisining eng asosiy huquq va majburiyatlari haqida yozilgan.
Mamlakatda tartibni saqlash va qonunlarning buzilmasligini nazorat qiluvchi insonlar bo’ladi. Ular avvalo militsiya hodimlari va ko’plab boshqa soha vakillaridir. Qonun-barcha uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalardir. Ammo qonundan tashqari boshqa qoidalar ham bor. Bu qoidalar bizga noqulay ahvolga tushib qolmaslik  yoki kimnidir hafa qilib qo’ymaslik uchun yordam beradi. Biz o’zimizni bu qoidalarga mos tutamiz.
Jamiyatdagi mavjud o’ziga xos qoidalar an’anana-udumlar yoki urf-odatlar deb ataladi. Bizning ota-onamiz ham, bobo-buvilarimiz ham ana shunday qonun-qoidalar asosida hayot kechirishgan.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar:  “Tafakkur buluti” metodi. Ushbu metod “Klasster” metodining bir shakli hisoblanib, o’quvchilarda ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Metod mazmuni:
—   o’qituvchi tomonidan sinf jamoasi ikki guruhga bo’linadi;
—   har bir guruhga avvaldan vatman qog’oziga chizilgan “ tafakkur buluti” tarqatiladi;
—   bulutning nomi “konstitutsiya” bo’lib, undan yog’ayotgan qor parchalari uning zamiridagi asosiy tushunchalardir;
—   o’quvchilar ijodiy yondoshgan holda qor parchalarini shunday shakllantirsinlarki, ularda nafaqat asosiy tushunchalar, balki ularning orzu va istaklari o’z ifodasini topsin.
 
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib yod olish.
[1] Karimova O.  Konstitutsiya alifbosi: 3-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma/ Sh. Sariqovning umumiy tahriri ostida. –T.: SHARQ, 2007. 6-8 betlar.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x