KONSTANTINOPOL

KONSTANTINOPOL, Vizantii — Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324 — 330-y. larda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga «Konstantinopol» — «Konstantin shahri» deb nom qoʻyilgan. 330-y. da Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa Konstantinopolga koʻchiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan koʻchirib kelinishi Konstantinopolning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bogʻlovchi markazga aylandi. 4-salib yurishi davri (1202—04)da salibchilar tomonidan talandi. 1204—61 y. larda Lotin imperiyasi poytaxti. 1261-y. vizantiyaliklar genuyaliklar bilan ittifok, tuzib, shaharni qaytarib oldilar. 1453-y. 29-mayda uni usmonli turklar egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirganlar. Konstantinopol keyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923-y. gacha Turkiya poytaxti boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x