KONSTANTINOPOL SHARTNOMALARI

KONSTANTINOPOL SHARTNOMALARI (1700, 1879) –

1) 1700-y. 14-iyulda Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida tuzilgan shartnoma. Unga koʻra, Azov dengizi va uning atrofidagi yerlar Rossiyada qoldirildi, u Qrim xoniga toʻlaydigan yillik toʻlovlardan xalos boʻldi. Turkiya esa Rossiya qaytarib bergan Dnepr atrofidagi oʻz istehkomlarini buzib tashlash majburiyatini zimmasiga oldi;

2) Rossiya b-n Turkiya oʻrtasida 1877—78 y. lardagi rus-turk urushidan soʻng 1879-y. 27yanv. (8 fev.)da imzolangan sulh shartnoma-si. U Berlin bitimida oʻzgartirishsiz qabul qilingan San-Stefano shartnomasini (1878) yanada mustahkamladi. Turkiya Rossiyaga toʻlaydigan kontributsiyalarning miqdorini belgilab berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x