KONSORSIUM

KONSORSIUM (lot. consortium – shirkat, ishtirok etish) — kompaniyalar, banklarning kapitaltalab, juda keng koʻlamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi. Konsorsium aʼzolarining huquq va majburiyatlari Konsorsium toʻgʻrisidagi bitimda belgilab qoʻyiladi. Qoʻyilgan vazifani bajarish uchun Konsorsium ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliya va moddiy fondlar barpo etadi, byudjet mablagʻlari va bankdan kredit oladi. Konsorsium oʻz buyurtmachilari oldida hamkorlikda javobgar hisoblanadilar. Vazifa bajarilgach, Konsorsium tarqaydi. Dastlab Konsorsium bank sohasida maydonga kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakatda chet el firmalari va banklari bilan hamkorlikda K. lar vujudga keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x