KONSERTINO

KONSERTINO (ital. concertino — kichik konsert) — 1) yakkanavoz cholgʻuchi va orkestrga moʻljallangan musiqa asari; konsertga nisbatan shaklan kichik, baʼzan simfonik orkestr oʻrniga kamer orkestr ishlatiladi (mas, B. Giyenkoning fortepiano va kamer orkestr uchun «Masxarabozlar» asari);

2) dam-li-klavishli musiqa cholgʻusi, tayyor akkordlarsiz xromatik tovushqatorli, 6 yoki 8 qirrali garmon; konsertina deb ham ataladi. 19-a. ning 1-yarmida ingliz fizik olimi Ch. Uitston kashf etgan. Pikollodan – kontrabasgacha 6 turi mavjud. Yakka tarzda va ansambl tarkibida ishlatiladi. Angliya, Germaniya va b. Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Unda kompozitor asarlari hamda xalq qoʻshiq va kuylari ijro etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x