KONSALTING

KONSALTING — maxsus kompaniyalarning iqtisodiy, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, firmalarni tashqil qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, tovarlar va xizmatlar bozorlarini, innovatsiyalarni tadqiq etish va prognozlashga oid masalalarda maslahatlar, tavsiyalar berishdan iborat faoliyati. Konsalting kompaniyalari bozor (tovarlar, xizmatlar, litsenziyalar, nou-xau va b.)ni oʻrganish, prognozlar berish, jahon tovar bozorlaridagi narxnavolarni, xalqaro hamkorlik obyektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va qoʻshma korxonalar tashqil etish va b. boʻyicha oʻz xizmatini taklif etadi. Konsalting firmalari maslahat xizmatining ayrim sohalari boʻyicha ixtisoslashishi mumkin. Yangi tashqilotni tashqil qilishda taʼsis hujjatlari majmuini tayyorlash ham Konsaltingga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x