KONONOV Andrey Nikolayevich

KONONOV Andrey Nikolayevich (1906.27.10, Peterburg – 1986.30.10, Leningrad) — turkiyshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), akad. (1974), filol. fanlari d-ri (1948), prof. (1950). Leningrad sharq tillari in-tini tugatgan (1930), shu in-tda oʻqituvchi (1932 — 38), prof. (1950-y. dan). Rossiya FA Sharqshunoslik in-tining Leningrad boʻlimi direktori (1961-63), 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida, ayni vaqtda Oʻrta Osiyo un-tida ishlagan (1943 — 45). Kononov tadqiqotlari turkiy tillarni oʻrganishga, sharqshunoslik tarixiga oid. U «Oʻzbek tili grammatikasi» (1948, 1960), «Hozirgi oʻzbek adabiy tilida koʻmakchilar» (1951), «Hozirgi turk adabiy tilining grammatikasi» (1955), «Hozirgi oʻzbek adabiy tilining grammatikasi» (1960) va b. ilmiy asarlarida oʻzbek adabiy tili masalalarini tadqiq etgan. «Mahbubul-qulub» va «Shajarayi tarokima» asarlarining yigʻma matnini tuzib, nashrga tayyorlagan. V. M. Jirmunskiy bilan hamkorlikda «Kitobi dadam Qoʻrqut» (1962)ni nashr ettirgan. Sharkshunoslarning 23-xalqaro kongressida (London, 1954), Turkiya Tilshunoslar jamiyati kongresslarida (Anqara, 1957, 1966), Sharqshunoslarning 25-xalqaro kongressida (Moskva, 1960) oltoyshunoslar shoʻbasi ishlariga rahbarlik qilgan. Turkiya tilshunoslik jamiyati (1957), Vengriya sharqshunoslari ilmiy jamiyati (1970), Polsha sharqshunoslari ilmiy jamiyati (1974), Vengriya FA faxriy aʼzosi (1973).

As: Grammatika yazыka tyurkskix runicheskix pamyatnikov, VII-IX vv., L., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x