KONIMEX TUMANI

KONIMEX TUMANINavoiy viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashqil etilgan. Konimex tumani, viloyatning shim.gʻarbida joylashgan. Sharkdan Navbahor, shim-sharqdan Nurota, gʻarbdan Tomdi, Uchquduq, jan. dan Qiziltepa tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 15,5 ming km2. Aholisi 36,9 ming kishi (2002). Tumanda 1 shaharcha (Konimex), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Boymurot, Sarjal, Uchtepa, Chordara, Yangiobod, Yangiqazgan, Karaqota) bor. Markazi Konimex shaharchasi.

T a b i a t i. Relyefi, asosan, tekislik, koʻp qismi qumlik. Shim.-sharqda Qivilqum choʻli, jan. va jan.-gʻarbda Zarafshon vodiysi bilan tutashgan. Tumanning gʻarbida Ovminzatovning sharqiy tarmoqlari joylashgan. Janubiy qismida Qaraqota botigʻi bor. Iqlimi quruq, keskin kontinental. Oʻrtacha t-ra iyulda 32—33°, yanv. niki — 0—2°. Yiliga 100—150 mm yogʻin toʻshadi. Vegetatsiya davri qisqa. Tumanda oqar daryo yoʻq. Asosan, artezian suvlaridan foydalaniladi. Shoʻrkoʻl suv ombori qurilgan. Undan baliq ovlashda foydalaniladi. Tuprogʻi och tusli boʻz, shoʻrxok. Oʻsimliklardan efemer, efemeroidlar va butasimon oʻsimliklar, rang, qoʻngʻirbosh, astragal, selin, saksovul, quyonsuyak qabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayran, kemiruvchi va sudraluvchilar yashaydi. Tuman hududidagi Qizilqum qoʻriqxonasida toʻqay va choʻl landshaftlari majmuoti va u yerdagi nodir hayvonlardan buxoro bugʻusi (xongul) muhofazaga olingan.

Aholisi oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlar. Shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 2,4 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 8,4 ming kishi, qishloq aholisi 28,5 ming kishi (2002).

Xoʻjaligi. Tuman q. x. ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik (qorakoʻlchilik). Gʻallachilik bilan ham shugʻullaniladi. Konimex tumanida fosfor k-ti, 100 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 20 davlat korxonasi, oʻndan ortiq aksiyadorlik jamiyati mavjud.

Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 5,2 ming ga, shundan 1,9 ga yerga gʻalla ekiladi. 9 shirkat xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qariyb 8,6 ming qoramol, 350 mingga yaqin qoʻy va echki, 2 mingdan ziyod tuya, 2,5 mingga yaqin ot boqiladi.

Tuman hududining asosiy qismini oʻrmon xoʻjaligi egallaydi (mayd. 1660 ming ga). Daraxtlarning asosiy turi — saksovul, terak.

Tumanning oʻrta qismidan Navoiy — Uchquduq t. y. kesib oʻtgan (oʻz. 212 km). Avtomobil transporti yoʻllari oʻz. qariyb 300 km. Tumanda 40 umumiy taʼlim maktabi (shundan 2 maktab-gimnaziya, 1 litsey-internat), kasb-hunar, sport maktabi, 23 kutubxona, 11 klub, tarix va oʻlkashunoslik muzeyi, bolalar madaniy markazi mavjud. 1 markaziy kasalxona (225 oʻrin) va b. tibbiy muassasalarda 90 vrach, 200 ga yakin oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Konimex tongi» tuman gaz. 1930-y. dan chiqadi (adadi 1500).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x