KONIBODOM

KONIBODOMTojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl st-yasidan 6 km. Aholisi 38,8 ming kishi (1990-y. lar). Konibodom 1463-y. dan Kandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom 9—10-a. lardan maʼlum. Q. x. mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziqovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 16—17-a. larga mansub 2 Madrasa, anʼanaviy oʻymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x