KONFET DARAXTI

KONFET DARAXTI, goveniya (Hovenia dulcis) — chilonjiydadoshlar (itjumrutdoshlar) oilasiga mansub mevali daraxt. Koreya, Xitoy, Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi va ekiladi. Etli meva bandi shirinlik sifatida isteʼmol qilinadi va konditer sanoatida qoʻllaniladi: meva bandida 20—23%, qurugʻida 47,8% gacha qand bor. Guli serasal. Yogʻochi mebel va moʻzika asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Konfet daraxti Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x