KONDENSATSIYA

KONDENSATSIYA (lot. condensatio – quyuklanish, zichlashish) , kondensatlanish — 1) gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. Kondensatsiya — buыanishning aksi. Kondensatsiya muayyan modda uchun kritik t-radan past t-radagina sodir boʻladi. Kritik nuqta bilan uchlama nuqta orasidagi t-raviy oralikda modda suyuq holatga, yanada pastroq t-ralarda esa kristall holatga oʻtadi. Suyuq yoki kristall holatlar orasida muvozanatli Kondensatsiya yuz berib, gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga oʻtayotganida maʼlum miqdorda issiqlik ajraladi. Bu issiqlik moddaning shu t-ra va bosimda bugʻlanishiga sarflangan issiqlikka teng. Kondensatsiyaning solishtirma issikligi solishtirma bugʻlanish issikligiga teng. Bugʻlanish va Kondensatsiya bir vaqtda roʻy beradi. Qattiq jism yoki suyuqlik sirtida hosil boʻluvchi sirtq i K., aerozol, gaz ionlarining bugʻ hajmi ichida, bugʻning zichlashish joylaridagi zichlik fluktuatsiyasi (oʻrtacha qiymatdan ogʻishi) oqibatida hosil boʻluvchi hajmiy Kondensatsiya mavjud. Suv bugʻining kondensatlanishi natijasida atmosferada bulut, tuman, shud-ring va qirov hosil boʻladi. Kondensatsiya turli xil issiqlik almashinish apparatlarida qoʻllaniladi, u distillashnpt asosi hisoblanadi;

2) organik moddalar bir nechta molekulalarining birikish reaksiyasi; bunda, suv, ammiak va b. oddiy moddalar ajraladi.

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x