KONAKRI

KONAKRIGvineya poytaxti (1958). Tombo o. va Kalum ya. o. da joylashgan (oʻzaro damba orqali bogʻlangan). Aholisi 1558 ming kishi (1997). Iqlimi nam va quruq mavsumli ekvatorial, mussonli ikdim. Yanv. da oʻrtacha t-ra 23°, iyulda 22°; yiliga oʻrtacha 4300 mm yogʻin yogʻadi. Dengiz porti orqali chetga mi-nerallar va q. q. xom ashyolari chiqariladi. Konakri — Gvineyaning t. y. markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Konakri — yirik iqtisodiy markaz, mamlakat ishlab beruvchi sanoatining katta qismi shu yerda joylashgan. Oziq-ovqat, kurilish materiallari, kimyo, toʻqimachilik, metallsozlik, sement, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Shahar atrofida sabzavotchilik rivojlangan.

Shahar 1884-y. da susular qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 1895—1958-y. larda Fransiya Gvineyasining maʼmuriy markazi. Konakri uzunasiga choʻzilgan: jan.gʻarbi — port va t. y. vokzali joylashgan eski shahar qismidan iborat, yangi shim.sharqiy qismi esa maʼmuriy markaz, aeroporti ham oʻsha yerda. 20-a. ning 2-yarmida Konakrida koʻplab zamonaviy maʼmuriy va turar joy binolari qurildi. Ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona, Milliy muzey, Xalqlar saroyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x