Kompyuterni o’zidan o’zi o’chib qolish sabablari

DO`STLARGA ULASHING:

Kompyuterni o’zidan o’zi o’chib qolish sabablari

Hech narsa o’zidan o’zi bo’lmaydi, albatta sabab kerak, mana o’sha sabablar:

1. Protsessorning qizishi. Bu jarayonni biz ma’lum bir utilitalar (https://t.me/planetaitsoft/36) orqali aniqlashimiz mumkin. Agar 80 gradusdan oshsa, muammoni yechishni boshlash lozim:
Yechim: protsessor kulleri va radiator bilan kuller orasidagi termopasta qorishmani yangilash kerak.

2. Chang. Kompyuterda issiq havo chiqib ketishi uchun teshiklar, yoki to’liq germetik yopilmaganligi sababli ichkariga chang yig’iladi. Chang kullerlarni meyorida aylantirishiga halaqit beradi.
Yechim: Sistemali blok(keys)ni ochib ichini to’liq tozalash lozim.

3. Kondensatorlar ishdan chiqishi(aynan o’zimda shu hol bo’lgan). Kompyuter ichida silindrsimon ko’rinishda plataga qotirilgan kondensatorlar bor, shular o’z ko’rinishini o’zgartirsa(yuqori qismi ishib qolsa), muammo kelib chiqadi.
Yechim: Shu kondensatorlarni markasini bilib, uni yengisiga almashtirish kerak.

4. Blok pitaniya. Yuklama tushganda barcha qurilmalarni ishlatib berish uchun blok pitaniya yetarlicha tok beraolmayapti.
Yechim: Blok pitaniyani quvvatlirog’iga almashtirish kerak yoki qo’shimcha qurilmalardan voz kechish lozim.

5. Internetdan ko’chirilgan har hil dasturlar, viruslar, nosoz drayverlar ham sabab bo’lishi mimkin.
Yechim: Antivirus, dasturlarni o’chirish, qurilmani faqat rasmiy saytidagi drayverini ishlatish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x