KOMPYUTER TARMOGʻI, EHM

KOMPYUTER TARMOGʻI, EHM tarmogʻi — axborotlarni uygʻunlashtirib almashinish maqsadida uzatish liniyalari orqali bogʻlangan alohida kompyuterlar majmui. Har qaysi axborot isteʼmolchisiga axborotlar zahiralari (maʼlumotlar bazasi, protsessor, xotira va h. k.) dan birgalikda foydalanish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. Kichik hudud (korxona, tashkilot) doirasida foydalaniladigan Kompyuter tarmogʻi, ehm lokal (mahalliy), keng hudud (oʻlka, davlat, qitʼa va b.)ni qamrab oladigan Kompyuter tarmogʻi, ehm global (umumlashgan) deb ataladi (yana q. Intranet, Internet).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x