KOMPRESSOR STANSIYASI

KOMPRESSOR STANSIYASIenergiya eltgich (pnevmatik asboblar uchun havo, isitish uchun gaz) yoki xom ashyo (havodan kislorod, azot-vodorod aralashmasidan ammiak olish) sifatida foydalaniladigan qisilgan gaz yoxud havo olish uchun qoʻllaniladigan statsionar qurilma. Kompressor stansiyasi turli sanoat korxonalari va qurilish maydonchalariga oʻrnatiladi. Kompressor stansiyasi kompressor va b. jihozlar — siqilgan gaz idishlari, gaz yiggichlar, suv, havo va sovitish qurilmalari, muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari (vodoprovod, kanalizatsiya, bugʻ, issiq suv), transformator kichik st-yasi oʻrnatilgan asosiy bino va xodimlar binosidan iborat. Kompressor stansiyasi alohida joyga olovbardosh materiallardan quriladi. Ayrim (mas, kompressor jihozlari i. ch. ga taʼsir qilmaydigan) hollarda korxona binosida joylashishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x