KOMILOV

KOMILOV Erkin (1946.20.7, Andijon viloyati, Kurfa qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1968). 1966-y. dan Hamza teatrida aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek («Oltin devor»), Qobiljon («Samandar»), Ibn Sino («Beruniy»), Karl Moor («Qaroqchilar»), Jevakin («Uylanish»), Glumov («Har toʻkisda bir ayb»), Myasnikov («Qatagʻon»), al-Zokir («Piri Koinot»), Boyazit («Sohibqiron Temur»), Ikrom («Ufq»), Albeni («Qirol Lir»), Abulfayzxon («Abulfayzxon»), Ortiq («Noyob nusxa»), Mannon Uygʻur («Tomosha davom etadi»), Garrison («Yetti faryod») va b. Yaratgan obrazlariga oʻziga xos rang berib, xarakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol oʻynashda yaxshilik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning joʻsh urishi Komilov ijodiga xos.

Komilov kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul («Yuzsiz»), Yoʻldosh («Sevgi»), Musulmonqul («Oʻtgan kunlar»), Valixoʻja eshon («Amirning xufiyona yurishi»), Xurram («Tilla bola»), Boyazid JaloyirAmir Temur»), Qurbonov («Uchishga ruxsat eting»), Dovjenko kinostudiyasida «Yulduz shuʼlasi» filmida Ergash Sobirov va b. Video va telefilmlarda Aziz Qosimov («Girdob»), Sultonmurod («Alisher Navoiy»), Haydar («Diyonat»), Rahim Saidov («Yoz yomgʻiri»), Charlz Forister («Qora karvon»), Bachana («Abadiyat qonuni»), Jabbor («Qora koʻzlar»), Mayor Solihov («Soʻnggi oʻq»), Haydar (Kesak polvon) («Shaytanat»), Shokir ota («Yettinchi falakdan kelgan ovoz») kabi rollar ijro etgan. «Otalar soʻzi—aqlning koʻzi» koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x