KOMI-PERMYAKLAR MUXTOR OKRUGI

KOMI-PERMYAKLAR MUXTOR OKRUGI — RF da eng birinchi tuzilgan muxtor okrug, Perm viloyati tarkibida. 1925-y. 26 fev. da tashqil qilingan. Mayd. 32,9 ming km2. Aholisi 151,6 ming kishi (2000). Shundan shahar aholisi 28% ni tashqil etadi. Asosan, komi-permyaklar, ruslar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Okrugda 1 shahar (Kudimkar), 3 shaharcha bor. Markazi Kudimkar sh. Uraloldi hududida, Kama daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi past-baland tekislik, shim. da Shim.

Uvallar, gʻarbida Yuqori Kama qirlari bor. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —15° dan —17° gacha, iyulniki 17—18°. Yillik yogʻin miqdori 500 mm. Hududining 80% oʻrmon. Oʻrmon va yogʻochsozlik, oʻrmon kimyosi, metallsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoati rivojlangan. Q. x. goʻsht-sut chorvachiligi va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Qora bugʻdoy, suli, bahorikor bugʻdoy ekiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Kama daryosida kemalar qatnaydi. Teatr, muzey bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x