ICHKI MONGOLIYA

ICHKI MONGOLIYAXitoy tarkibidagi muxtor rayon. Mamlakat shim. da. Mayd. 1,2 mln. km2. Aholisi 23,5 mln. kishi (1998); xitoy, mongol, dungan, manjur, koreys, evenk va b. yashaydi. Maʼmuriy markazi — Xux-Xoto sh. Qadimda Ichki Mongoliya hududi jan. mongol knyazliklari tasarrufida boʻlgan, 1636-y. da manjurlar qoʻl ostiga oʻtgan. Ular key-inchalik Xitoyda oʻz hukmronligini oʻrnatganlar va bu hudud Xitoy tarki-biga kirgandan soʻng Ichki Mongoliya deb atala boshlagan. 1931—45 y. larda Ichki Mongoliyani yaponlar bosib olgan. 1945-y. da ulardan ozod qilingan.

Ichki Mongoliyaning sharqiy qismida Katta Xingan togʻlari (bal. 1949 m gacha) va Sunlyamo tekisligining bir qismi, gʻarbiy qismida Bargi tekisligi, Gobi choʻlidagi yassitogʻlik, Inshan togʻlari va Ordos platosi bor. Yer yuzasining balandligi kup joylarda 500—1500 m, eng baland qismi 3000 m.

Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning urtacha t-rasi shimolida —30°, jan. da —6°, iyulniki shim. da 20°, ja-n. da 24°. Yillik oʻrtacha yogʻin 100—500 mm. Ichki Mongoliyaning shim. da tayga oʻrmonlari, markaziy qismida boshokli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Eng katta daryosi — Xuanxe. Koʻl koʻp.

Ichki Mongoliya — agrar r-n, yalpi mahsulot qiymatining 3/4 qismini q. x. beradi. Dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Hududining 1/10 qismidan koʻprogʻi haydaladi. Asosan, donli ekinlar ekiladi. Chorvachilik q. x. dan olinadigan mahsulot qiymatining 1/3 qismini beradi (mamlakatdagi mavjud chorvaning 10% i I. M. ga toʻgʻri keladi). Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnchilik sanoatlari rivojlangan. Mahalliy xom ashyo bazasida qora metallurgiya, energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlar vujudga kelgan. Yogʻoch tayyorlanadi. Yakshidagi qogʻoz kti mamlakatdagi eng yirik qogʻoz k-tlaridan biridir. PekinBaotou t. y. I. m. ni Xitoyning shim. sharqi va sharqi b-n, Szinin — Erlyan t. y. Mongoliya bilan bogʻlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x