KOMANDOR OROLLARI

KOMANDOR OROLLARITinch okean bilan Bering dengizi oraligʻidagi orollar. RF Kamchatka viloyati tarkibida. Umumiy mayd. 1848 km2. Bazalt va andezitlardan tuzilgan. Relyefi togʻli. Bal 751 m gacha. Zilzila boʻlib turadi. Iqlimi okean iqlimi. Yozi salqin. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 10°, fev. niki — 4°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm. Okean oʻtloqlari va togʻ tundrasi bilan qoplangan. «Qushlar bozori» boʻlib turadi, dengiz mushugi, sivuch va kalan (Kamchatka qundoʻzi) bor. Aholi, asosan, baliq va dengiz hayvonlarini ovlash, darrandachilik (koʻk shimol tulkisini urchitish) b-n shugʻullanadi. 1741-y. da shu orollarni ochgan va komandor unvoniga ega boʻlgan V. Bering nomiga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x