KOMA

KOMA (yun. kota — chuqur uyqu) , komatoz holat — hayotga xavf tugʻdiruvchi holat; markaziy nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi, butunlay hushdan ketish, tashki taʼsirotlarga javob bermaslik va organizmning hayot uchun muhim funksiyalari boshqarilishining buzilishi bilan ifodalanadi. Odatda, Komadan oldin koma oldi holati kuzatiladi, bunda nafas olish va tomirlar tonusi oʻzgaradi, puls sekinlashadi, issiqlikni idora etish (termoregulyatsiya) boʻziladi. Markaziy nerv sistemasi kasalliklari (insult, miya oʻsmasi, bosh miyaga qon quyilishi, miya koʻpchishi va b. jarohatlar), baʼzi yuqumli kasalliklar (infeksi-on meningit, ensefalit), shuningdek, buyrak va jigar kasalliklarida turli zaharlarnishlar (doridan, alkogoldan) Komaga sabab boʻladi. Komaning qanday yuzaga kelishidan qatʼi nazar, uning asosida bosh miya poʻstlogʻi faoliyatining buzilishi (bosh miyada qon hamda orqa miya suyuqligi aylanishining buzilishi, miya ichki bosimining koʻtarilishi, minerallar va kislota-ishqor muvozanatining aynishi va b. pa-tologik jarayonlar yotadi. Koma holati turli kasalliklarning oʻziga xos alomatlari bilan kechadi. Komaning miya Komasi, uremik Koma, buyrak Komasi kabi turlari bor. Lekin «Koma» termini aksari qandli diabet oqibatida kelib chiqadigan ogʻir holatni ifodalash uchun ishlatiladi (diabetik Koma). Ogʻir Koma terminal holat hisoblanadi. Davo Komaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat. Koma xrlatidagi bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi va zudlik bilan tegishli davo choralari koʻriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x