KOLUMBIT

KOLUMBIT — murakkab oksidlar (tantaloniobitlar guruhi) kichik sinfiga mansub mineral. (Fe, Mn) Nb2O6 (kolumbit) — (Fe, Mn) Ta2O6 (tantalit) izomorf aralashmalar hosil qiladi. RZE, U, Ti, W, Th va b. aralashmalari ham mavjud. Romb singoniyali. Yarim metallsimon yaltiroq.

Qora, qoʻngʻir-qora kristallardan iborat. Qattiqligi 6; zichligi 5,22 g/ sm3. Niobiy olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Sochilmalar va granitlarning nurash poʻstidan olinadi. Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Sharqiy Sibir va Qozogʻistonda Kolumbit konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x