KOLONNA

KOLONNA (frans. colonne, lot. columna — toʻgʻri) — bino tomini koʻtarib turishga xizmat qiladigan, koʻndalang kesimi aylana shaqldagi bino qurilmasi, meʼmoriy orderlarning ishlov berilgan tik tayanch qismi, ustun. Baʼzan ravoq va gumbazlarga tirgovich vazifasini oʻtaydi. Kolonnalar kursi, tana va kallakdan iborat boʻlib, gʻisht, beton, temir-beton, metall, yogʻochdan yasaladi. Kolonnaning balandligi va diametri inshootning hajmiga muvofiqligi bilan belgilanadi. Asrlar davomida shaklan oʻzgarib borib, yuksak badiiy koʻrinishga ega boʻlgan (q. Meʼmorlik orderlari). Ustiga haykalcha (turli shaqldagi) oʻrnatilgan yakka Kolonnalar (q. Troyan ustuni), bir yoki bir necha qator qoʻyilgan kolonnadapar ham uchraydi. Zamonaviy binolarda metall va betondan ishlangan Kolonnalar keng qoʻllanilmoqsa.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x