KOKKOMIKOZ

KOKKOMIKOZ — danakli meva daraxtlarida Cocomyces hiemalis zamburugʻlari qoʻzgʻatadigan kasallik. Asosan, oʻsimlik barglari kasallanadi. May oyining oxiri — iyun oyi boshlarida bargning ustki qismida koʻp miqdorda mayda (0,5—2 mm) toʻq qoʻngʻir dogʻlar paydo boʻlib, soʻngra dogʻlar kengayib, bir-biri bilan qoʻshilib ketadi. Mevalarda esa yirik jigarrang-oqish dogʻlar hosil boʻladi. Oʻlgan toʻqima toʻkilib ketgach, oʻrnida mayda teshikchalar hosil boʻladi, kasallik kuchli kechganda barglar toʻkilib ketadi. Bahorda yomgʻirning koʻp yogʻishi, shudring, past harorat (21° atrofida) kasallikning avj olishiga qulaylik yaratadi. Kurash choralari: toʻkilgan barglarni yigʻib olish va yoʻqotish; daraxtlarga kurtaklar boʻrtishiga qadar mis kuporosi (3—4%), nitrafen (3%) purkash; kurtaklar boʻrtishigacha, guldan tushishi bilan va undan keyin 15—20 kun oʻtgach, bordo suyukligi, mis xlor oksidi, koʻzan, kaptan, sineb kabi fungitsidlarning birortasi b-n ishlov berish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x