KOKIL MASHINASI

KOKIL MASHINASIkokil quyma olishga imkon beruvchi mashina. K. m. da kokil pallalarini ochibyopish, kuyma sterjenlarni oʻrnatish, kokilga metall quyish, tayyor quymani kokildan chiqarish, tozalash va ularning ichki yuzalarini boʻyash ishlari bajariladi. Bir pozitsiyali va koʻp pozitsiyali xillari bor. Bir pozitsiyali universal Kokil mashinasida kokilni almashtirib, turli quymalar olish mumkin. Kokil pallalari Kokil mashinasi yoʻnaltirgichlarida suriladigan pli-talarga oʻrnatiladi. Mashina qismlari pnevmatik (havoli) va gidravlik (suyuqlikli) usullarda harakatlantiriladi. Koʻp pozitsiyali Kokil mashinasi karusel va konveyerli turlarga boʻlinadi. Karusel Kokil mashinasi aylanib turuvchi stolga oʻrnatilgan bir nechta bir pozitsiyali mashinalardan iborat boʻladi. Konveyerli Kokil mashinasi dagi transportyor qurilmasida bir pozitsiyali Kokil mashinasi yoki kokillar xarakatlanadi. Kokil mashinasi avtomat liniyalar tarkibiga kiradi. Bunday liniyada induksion elektr pechlar, quyish mashi-nasi, ikkita karusel Kokil mashinasi, quymani termik ishlaydigan ikkita agregat va transportyor qurilmasi boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x