Kohota Buzruk jome masjidi


Post Views:
107

Kohota Buzruk jome masjidi – sobiq Sebzor dahasining Taxtapul darvozasi yaqinida, hozirgi Shayxontohur tumani Kohota mahallasida joylashgan (taxminan 18-asr). Masjid ichida Kohota Buzruk maqbarasi joylashgan. Kohota Buzruk (Buzurg) shaxsi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Sharqshunos A.Nosirovning «Toshkent mashoyixlari» mavzusida to‘plagan materiallaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Kohotaning asl ismi Said Kamoliddin Shomiy bo‘lgan. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning (19-asr) yozishicha, Kohota Xoja Ahmad Yassaviy sulukiga mansub shayxlardan bo‘lgan.

kohota-masjidi

kohota

kohota-masjidi-hovlisi

Masjid binosi 250–300 namozxonga mo‘ljallangan. 1998 yil 15 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tgan. Bir necha marta ta’mirlangan.

Kohota ko‘chasi – Shayxontohur tumanida. Kohota mahallasi hududidan o‘tgan. Shahardagi qadimgi ko‘chalardan biri. 19-asrda tashkil topgan. Shayxontohur va Fafur Fulom ko‘chalari oralig‘ida. 1992 yil joyning tarixiy nomi sifatida Kohota nomi berilgan. Yo‘nalishida, asosan, yakka tartibdagi turar joy binolari joylashgan. Yonidan Kaykovus kanali o‘tgan. YAqinida Ishchilar shaharchasi, Sebzor va Labzak dahalari, yonilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan.

Toshkent mahallalari (Eski shahar mahallalari)

Kohota mahallasi (Alixonto‘ra Sog‘uniy ko‘chasi, 61) – Shayxontohur tumanidagi mahalla. «Taxtapul», «Labzak», «Janggoh», «Shayxontohur» mahallalari bilan chegaradosh. 1995 yil «Faol», «Sanoat», Kohota, «Qahramon» mahallalarining birlashuvidan tashkil topgan. Aholisi 6705 kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, rus, tojik, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi (2009). Mahalla hududida oziq-ovqat magazini, avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish shoxobchasi, novvoyxona, bolalar bog‘chasi, o‘rta maktab, aviatsiya litseyi, xotin-qizlar kolleji, diplomatiya litseyi mavjud. Mahalla hududida Alixonto‘ra Sog‘uniy yashagan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/kohota-buzruk-jome-masjidi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x