KOFFKA

KOFFKA (Koffka) Kurt (1886. 18.3, Berlin — 1941.22.11, Nortxempton, AQSH) — nemis-amerika psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri. Gisendagi un-t privat-dotsenti (1911-y. dan) va prof. (1918—24); 1927-y. dan Nortxempton (AQSH)dagi Smit kolleji prof. Geshtaltpsixologiyaning xalqaro miqyosda tarqalishiga xizmat qilgan jur. nashr etishda qatnashdi. Bolalarning psixik rivojlanishi muammolariga bagʻishlangan tadqiqotlar olib bordi. Asosiy asarlari: «Psixik rivojlanishning asoslari» (1921), «Idrok: geshtaltnazariyaga kirish» (1922), «Geshtaltpsixologiya prinsiplari» (1935).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x