KODAY (Kodaly) Zoltan (1882.16.12, Kechkemet — 1967.6.3, Budapesht) — venger kompozitori, musiqiy folklorshunos, pedagog, musiqa jamoat arbobi; zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Vengriya FA akad. (1945), prezidenti (1946—49), Vengriya musiqa arboblari uyushmasi prezidenti (1949-y. dan), YUNESKO qoshidagi Xalq musiqasi xalqaro kengashi (IFMC, 1963-y. dan) hamda Musiqiy tarbiya xalqaro jamiyati (ISME, 1964-y. dan) prezidenti. Budapesht musiqa akademiyasida prof. (1908—40). 1905—25 y. lari Vengriya qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib, 3500 ga yaqin venger xalq qoʻshiq va raqs kuylari (shu jumladan, qad. dehqon folklori hamda shahar qoʻshiqlari)ni yozib olgan. Xalq musiqasi toʻplamlari, ularga doir tadqiqotlar nashr ettirgan. Ijodida milliy kuylar va usullarni zamonaviy musiqa ifoda vositalari b-n uzviy bogʻlagan. «Xari Yanosh» operasi (1926), «Venger psalomi» kantatasi (1923), simfonik, xor, kamer musiqa asarlari, maktab oʻquvchilari uchun qayta ishlangan xalq qoʻshiklari hamda ashula darsliklari muallifi. Koshut nomidagi Vengriya Davlat mukofoti sovrindori (1948, 1952, 1957). Kamer va simfonik asarlari, qayta ishlangan xalq qoʻshiqlari Oʻzbekistonda ham ijro etiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые