KOʻZTIKAN

KOʻZTIKAN, iberiya boʻtakoʻzi (Centaurea iberica Trev.) — murakkabguldoshlarga mansub ikki yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 20—70 sm. Poyasining yuqori qismi tarvaqaylab shoxlangan, serbarg. Barginingcheti tikanli, arratishsimon, ildiz oldi barglari patsimon, poyadagilari nashtarsimon qirqilgan. Gullari och qizil, sanatsimon toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1 m chuq. gacha kiradi.

Iyun — avg. Gacha gullaydi va mevalaydi. Urugidan koʻpayadi. Oʻrta Osiyoda hamma joyda tarqalgan. Gʻalla ekinlari va bedazorda uchraydi, shuningdek, ariqkanal boʻylari, yoʻl yoqalari, tashlandiq yerlar, bog va uzumzorlarda oʻsadi. Tarkibida flavonoidlar, saponinlar va b. birikmalar bor. Xalq tabobatida istisqo kasalligini davolashda ishlatiladi.

Kurash choralari: yerni shudgorlash, maysalari kuringanda borovalash, qator oralariga ishlov berish va gerbitsidlar (granstar — ish suyuqligi 200—300 l/ga; banvel — 0,3—0,5 l/ga) purkash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x