KOʻP YILLIK KRIOLITOZONA

KOʻP YILLIK KRIOLITOZONA — Yer poʻstining yuqori qatlami. Unda koʻp yillar davomida barqaror manfiy yoki nol t-ra sharoitida yer osti muzining yil boʻyi va uzoq (ikki yildan kam boʻlmagan) muddat saqlanishi.

Koʻp yillik kriolitozonaning ustki qismini koʻp yillik muzlagan togʻ jinslari va yer osti muz boʻlaqlari qoplagan. Ular litosfera muzlagan zonasi, quyida — muzlagan tor jinslari va yaxlamaydigan kuchli minerallashgan yer osti suvlari gorizontini hosil qiladi. Koʻp yillik kriolitozonaning yuqori chegarasi subglyatsial sharoitlarda muz bilan togʻ jinslari tutashgan yuzadan utadi. Yer yuzasida oʻrtacha yillik t-raning manfiy boʻlishi Koʻp yillik kriolitozona vujudga kelishi uchun zarur sharoit yaratadi. Kuyi chegarasi esa 0° geoizotermadan utadi, u togʻ jinslari yuqori qatlamining issiqlik va namlik almashinishi sha-roitlariningoʻzgarishi b-n asta-sekin oʻz holatini oʻzgartiradi. Nol izotermaning Yer yuzasidan chuqurligi moʻtadil kengliklarda bir necha m dan yuqori kengliklarda bir necha km gacha oʻzgarib turadi.

Jan. yarim sharda Koʻp yillik kriolitozona Antarktidaning muz qoplami ostida va uning shelf zonasida, shuningdek, Jan. Amerika, Afrika va Avstraliyadagi togʻ muzliklari va mavsumiy eriydigan tuproq qatlami ostida mavjud. Shim. yarim sharda Koʻp yillik kriolitozona materiklarning keng qutb osti mintaqasida, qor chizigʻidan yuqoridagi togʻ tepalarida, arktika dengizlari shelfining ancha qismida, Grenlandiya, Islandiya va Shim. Muz okeani orollarida tarqalgan. Koʻp yillik kriolitozona tarqalgan maydon muzlagan relikt qatlamlarni qoʻshib hisoblanganda quruqlikning chorak qismidan koʻprogʻini tashkil qiladi. Koʻp yillik kriolitozona, ayniqsa, iqlimning global sovushda yaqqol namoyon boʻlgan. Yerning geologik tarixi davomida Koʻp yillik kriolitozonaning maydoni bir necha marta oʻzgargan. «Koʻp yillik kriolitozona» terminini 1955-y. rus olimi P. F. Shvetsov taqlif etgan. Koʻp yillik kriolitozonani tadqiq etishda rus olimlaridan M. I. Sumgin, N. I. Tolstixin, amerikalik S. Myuller, fransuz A. Kayo, ingliz J. Teylor, shvetsiyalik G. Beskov, kanadalik J. R. Makkey va b. salmoqli hissa qoʻshdilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x