KOʻKYONGʻOQ KUMIR KONI

KOʻKYONGʻOQ KUMIR KONI — Far gʻova togʻ tizmasining jan.-gʻarbiy etaqlarida, Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida, Jalolobod sh. dan shim.-sharqda joylashgan kon. Oʻrta Osiyodagi yirik-koʻmir konlaridan. Kondan koʻmir 1896-y. dan kustar usulda qazib olina boshlagan. Konning geologik tuzilishida paleozoy, yura, boʻr, toʻrtlamchi davr togʻ jinslari ishtirok etgan. Koʻmir qatlamlari yura jinslarida. Qatlamlar umumiy qalinligi 0,8 dan 25 m gacha. Koʻmirning kulliligi 15% dan ortiq. Yonuvchi komponentlar 37% dan koʻp. Oz mikdorda oltingugurt (1,3%) bor. Koʻmirning issiqlik berishi 7600 kkal/ m3. Yarim kokslanuvchan. 1 t koʻmirdan 750—800 kg yarim koks olish mumkin. Koʻkyongʻoq kumir koni koʻmiri, asosan, yoqilgʻi sifatida ishlati-ladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x