KOʻKSUV

KOʻKSUVToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi daryo. Chatqol daryosining oxirgi oʻng irmogʻi. Piskom togʻ tizmasining jan.-sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Piskom bilan Mingtuxum togʻ tizmalari oraligʻidan jan.-gʻarbga oqadi. Chorvoq suv ombori bar-po etilishi bilan K. Burchmulla qishlogʻidan bir oz quyida shu suv omboriga quyiladigan boʻldi. Oʻz. 60 km, havzasining mayd. 398 km2. Qor va muzliklardan toʻyinadi. Suvi fev. oxiridan koʻpaya boshlaydi, may — iyunda eng koʻp boʻladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12m3/sek. Koʻksuvga umumiy oʻz. 130 km boʻlgan 70 tacha soy va jilgʻalar quyiladi. Shulardan eng yirigi — Kulosiyosoy (11 km).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x