KOʻKQARGʻALAR

KOʻKQARGʻALAR (Coraciidae) – balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Oʻtkir yoki keng tumshugʻining uchki qismi ilmoqqa oʻxshab qayrilgan. Pat rangi qoʻngʻir va qizgʻish aralash yashil-zangori tusda. Uchganida baland ovoz chiqaradi. 2 urugʻi (koʻkqargʻalar, keng ogʻizlilar), 11 turi bor. Jan. Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oʻzbekistonda koʻkqargʻa (Coracias garrulus L.) hamma joyda uchraydi. Koʻkqargʻalar tanasining oʻz. oʻrtacha 34 sm. Uchib ketuvchi qush. Afrikada qishlaydi. Daraxt kovaklariga, jan. da — jarliklarga in quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Asosan, hasharotlar, koʻzda mevalar bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x