KOʻKCHATOV

KOʻKCHATOV (qozoqcha — koʻk togʻlar) – Qozogʻiston Respublikasi. Shim. Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1862-y. dan), Koʻkchatov togʻlarining shim. chekkasida T. y. tuguni. Aholisi 123,4 ming kishi (1999). Koʻkchatov mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatlari markazlaridan biri. Har xil tarozilar ishlab chiqaradigan mexaniqa z-di, kislorodli nafas olish apparatlari, avtomobil tuzatish z-dlari, kimyo k-ti, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, ped. in-ti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. K. ga 1824-y. asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x