KOʻCHAT

KOʻCHAT — koʻchatzorlarda, parnik va issiqxonalarda yetishtiriladigan va koʻchirib, asosiy maydonga oʻtqaziladigan nihol. K. lar oʻsimliklarning urugʻi, danagi, qalamchasini ekib va payvand qilib yetishtiriladi. Bogʻ, oʻrmon va b. yaratish uchun Koʻchat tayyorlashda urut, danak va novda qalamchalari (tok, anjir va b.)dan, shuningdek, payvand qilish usullaridan (q. Koʻchatzor) foydalaniladi.

Sabzavot K. lari parnikparla urugʻidan maxsus romlar ostida yetishtiriladi. Ertagi karam urugʻi dek. —yanv. da, oʻrtagisiniki mart — apr. boshlarida, ertagi pomidor urugʻi fev. boshlarida, baqlajon, qalampir va kechki pomidor urugʻlari fev. ning 2-yarmi — martning boshida parnikka, bodring urugʻi ivitilmasdan martning 2-yarmida tuvakchalarga ekiladi. 1 gektarga yetarli Koʻchat olish uchun karam va pomidor uruglaridan 300—400 g. baqlajon urugʻidan 600 g; qalampirnikidan 800—1000 g sarflanadi. Urugʻlar unib chiqib, maysalagach, niholdar maxsus joyga 5×5 sm (karam), 6 x 6 (pomidor), 4×5 va 5×5 (qalampir), 6×6 (baqlajon) sm sxemada qayta koʻchatlab chiqiladi.

Karam, qalampir va baqlajon Koʻchatlari 4—5, pomidor Koʻchatlari esa kamida 6—7 barg chiqarganda ildizlariga yopishib turgan loy — nam tuprogʻi bilan koʻchirib olinib, ob-havo sharoitiga qarab, ochiq maydonlarga (dalaga) yoki hosil yetishtiriladigan himoyali joyga ekiladi va darhol sutoriladi.

Koʻchat yetishtirib oʻstirish usulida urugʻlik sarfi bevosita dalaga ekishga nisbatan 3—5-marta kamayadi, parvarish ishlari yengillashadi, hosili 30—40 kun oldin yetilib pishadi.

Botir Azimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x