KLUB

KLUB (ing. club) — bir maqsad yoʻlida uyushgan (maslakdosh, hamkasb) kishilarning siyosiy, ilmiy, badiiy, sport va b. sohalar boʻyicha shugʻullanishi, koʻngilli dam olishi uchun xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy muassasa, jamoat tashkiloti. Dastlab Angliya (16-a.)da vujudga kelgan. Fransiya (18-a.)da burjua inqilobi davrida keng tarqalgan, turli maslakdoshlar (mas, yakobinchilar) uchrashib turadigan Klub larda siyosiy masalalar muhokama qilingan. Rossiyada birinchi K. Peterburg (1770)da «Ingliz klubi» nomi bilan tashkil qilingan. Ishchi Klub lari dastlab Angliya (1800)da, keyinchalik Rossiya (1905—07)da tashkil topgan.

Oʻzbekistonda birinchi Klub rus badavlat kishilari, harbiylar, amaldorlar va b. uchun tashkil etilgan (1869). Klub aʼzolari va ularning oilalari uchun bal, maskarad va raqslar hamda vokal va adabiy kechalar, dramatik koʻrsatuvlar tashkil qilingan. Ishchi Klublari dastlab Toshkent (1924)da tashkil topgan. 30-y. lardan f-ka va z-dlar qoshida, k-z va s-z markazlarida ishchi-yoshlar Klublari bir xil loyihalar asosida qurila boshladi. Unda tomosha zali (sahnasi b-n), toʻgarak mashgʻulotlari uchun xonalar, kutubxona va b. boʻlgan. Ya na q. Madaniyat saroylari va uylari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x