KLON TANLASH

KLON TANLASH (oʻsimliklarda) — yaxshi klonlarni ajratib olish; vegetatsiya yoʻli bilan koʻpayuvchi oʻsimliklar navlarini yaxshilash usuli. Klon tanlash kartoshkachilik, uzumchilik va mevachilik seleksiyasida keng qoʻllaniladi. Klon tanlash (vegetativ yul bilan koʻpayuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash) orqali aksariyat navning ayrim xususiyatlari (kasalliklarga, qurgʻoqchilikka chidamlilik) va b. ni yaxshilashga erishiladi. Mas, Klon tanlash yoʻli b-n kartoshka rakiga chidamli kartoshka navlari chiqarilgan. Mevachilikda klon payvandtaglar keng qoʻllaniladi. Gʻoʻza seleksiyasida Klon tanlashdan faqat chatishtirilgan turlarning xromosomalar toʻplami nomutanosibligi tufayli bepusht toʻplami noyob duragaylarini (turlararo chatishtirishda) koʻpaytirish va saqlashda foydalaniladi. Bunda ildiz tarmogʻi kuchli rivojlangan madaniy gʻoʻza turlari shoxlariga duragay oʻsimlik qalamchalari ulanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x